Bir porsiyadagi ozuqaviy qiymati

Kaloriya

190 kkal

Oqsillar

14g

Yog’lar

12g

Uglevodlar

7g

Masalliqlar

Butun tovuq tushkasi:
1.3–1.6 kg
Piyoz:
3–4 dona
Sabzi:
2–3 dona
Kartoshka:
5–6 dona
Bulgʻor qalampiri:
2 dona
Pomidor:
2–3 dona
Sarmisoq:
2 bosh (butunlay)
Oʻsimlik yogʻi yoki dumba yogʻi:
5–6 osh qoshiq
Zira —
1.5 choy qoshiq

Tayyorlanish jarayoni

1

Tovuq tushkasini yaxshilab yuvib, quritib oling. Ichki va tashqi tomonini tuz, murch, paprika hamda kashnich urugʻi bilan yaxshilab ishqalang.
2

Katta qozonda yogʻni qizdiring. Butun tovuqni ehtiyotkorlik bilan solib, har taraflarini qizartirib qovuring (har bir tomonini 4–5 daqiqadan), soʻng vaqtincha idishga olib qoʻying.
3

Shu qozondagi yogʻga yarim halqa qilib toʻgʻralgan piyozni solib sal qovuring. Ustidan yirik toʻgʻralgan sabzi, qalampir, pomidor va butun (yoki yirik boʻlaklangan) kartoshkalarni terib chiqing.
4

Sabzavotlar ustiga qovurilgan butun tovuqni ehtiyotkorlik bilan yotqizing. Zira seping va sabzavotlar orasiga tozalanmagan sarmisoq boshlarini tiqib chiqing.
5

200 ml atrofida suv quyib, qozon qopqogʻini zich qilib yoping va eng past olovda 1.5 soat davomida dimlab pishiring. Goʻsht juda yumshoq va mazali chiqadi.

Leave a Reply